Toshkent viloyatida Toyota Prado to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir qildi

Toshkent viloyatida Toyota Prado to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir qildi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatida to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIBB YHXB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 may kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidan o‘tgan yo‘lda 1993 yilda tug‘ilgan R.R. Toyota Prado rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Natijada, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Cobalt, Damas va Spark rusumli transport vositalari bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida, Toyota Prado haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!