Turk lirasining «baxtsizligi» nihoyasiga yetdi
Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek turk lirasining qadrsizlanishi unga bo‘lgan ishonch ortib borayotgan bir paytda to‘xtaganiga ishonch bildirdi.
«Turk lirasi endi qadrsizlanmaydi. Unga bo‘lgan ishonch ortdi», dedi Shimshek TRT Haber telekanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning tashqi savdo taqchilligi pasayib bormoqda va moliya manbalari bilan bog‘liq muammolar yo‘q. «Hozirda Turkiyada chet el valyutasi ko‘p, unga bo‘lgan ehtiyoj kamayib borayotgan bir paytda mamlakatga ortiqcha miqdorda valyuta olib kelinmoqda», - deya qo‘shimcha qildi vazir.
Shuningdek, u turk eksportyorlarini xavotirlanmaslikka chaqirdi, chunki rasmiylar ularga har tomonlama yordam berishda davom etadi.
Turk lirasining dollarga nisbatan qiymati mart oyida tarixiy eng past darajaga yetib, bir dollar uchun 32 liralik darajasini birinchi marta yangiladi. Ayni paytda lira bir dollar uchun 32,2 dan sotilmoqda.