Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi

Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda sartarosh mijoz sifatida kelgan yigitning sochini jahl ustida kalga olib tashlagani aks etgan videolar tarqaldi.

Videoda yigit soch va soqolini qanday olishni noto‘g‘ri tushuntirgani uchun sartaroshning jahli chiqqanini va kalga olish orqali undan qasd olganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, sartarosh bu ishni qilishdan oldin undan nima ishda ishlashini so‘rab olgan. Yigit bobosining qo‘lida ishlashini aytgan.

“Kimni chaqirasan endi, buvingni chaqirasanmi?” — degan sartarosh. Yigit shunda ham undan uzr so‘ragan va adashganini aytgan.

Sartarosh esa qilgan ishiga quyidagicha izoh berdi va uzr so‘radi: “Xizmat vaqtimda menga notanish bo‘lgan fuqaro soch oldirish uchun keldi. Sochingni olaymi, soqolingnimi, deb 3-4 marta so‘radim. U sochimni oling, soqolimni oling, dedi. Jahl ustida qizishib ketib kalga olib tashladim. Undan, ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlaridan uzr so‘rayman. Holat bo‘yicha har qanday jazoga roziman. Qilgan ishimdan pushaymonman. O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rayman”.

Viloyat IIBBga ko‘ra, holat 2022 yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgunga qadar yoki o‘tgan davr mobaynida IIOga murojaat kelib tushmagan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilib, natijasi bo‘yicha jamoatchilikka axborot beriladi.

Toshkent tumanida yashovchi sartaroshning xatti-harakatlari Toshkent viloyati IIBB nazoratida tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘rganildi va qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!