Toshkent shahrida isitish mavsumi 18 martdan yakunlanadi

Gidrometeorologiya markazining prognoziga ko‘ra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20-22°C, kechasi esa +10°Cdan yuqori bo‘ladi.
Toshkent shahrida 2024-2025 yillardagi isitish mavsumi rasman 2025 yil 18 martda yakunlanishini ma’lum qilindi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi hafta davomida Toshkentda kunduz kunlari havo harorati +18-19°C va undan yuqori, kechalari esa +8°C dan pastga tushmayapti. Gidrometeorologiya markazining prognoziga ko‘ra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20-22°C, kechasi esa +10°Cdan yuqori bo‘ladi.
Ayni paytning o‘zida ham poytaxtda o‘rtacha sutkalik harorat +12-13°C dan oshgan, bu isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan me’yorlarga mos keladi.
Eslatib o‘tamiz, belgilangan me’yorlarga ko‘ra, isitish mavsumi o‘rtacha sutkalik havo harorati +8°C dan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tugagan kunning ertasidan boshlab tugaydi.