Toshkent shahri va viloyatida 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatida 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

2020 yil 26 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 819 (+159) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 149 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 
— Toshkent shahrida 214 nafar, 
— Toshkent viloyatida 108 nafar,
— Andijon viloyatida 16  nafar, 
— Jizzax viloyatida 16  nafar, 
— Samarqand viloyatida 10 nafar  
— Xorazm viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 51 322 (+368) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida 3045  nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!