Toshkent shahar hokimligi xayriya qilayotganlarni ogohlantirdi: "Plastik kartalarga pul tashlamang"

Toshkent shahar hokimligi xayriya qilayotganlarni ogohlantirdi: "Plastik kartalarga pul tashlamang"

Toshkent shahar hokimligi yurtdoshlarimiz va volontyorlarga murojaat qildi.

Hurmatli toshkentliklar va ko‘ngillilar!

Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan falokat xalqimizning birdamligini, uning saxovati, rahm-shafqati, yordamga doimo tayyorligini yaqqol namoyon etdi.

Bugun, poytaxtimizning saxiy fuqarolari va mehmonlari tomonidan to‘plangan insonparvarlik yordamining birinchi karvoni Toshkentdan qo‘shni viloyatga, yuk mashinalarida yo‘l oldi.

Biroq asosiy tamoyil – zarar keltirmaslik haqida unutish mumkin emas.

Koronavirusga qarshi kurashish davrida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, harakat qilish juda muhim.

Ko‘ngillilarning tashabbusini qo‘llagan holda, Toshkent shahar hokimligi va IIBB  Sardoba suv omborida ro‘y bergan to‘g‘on yorilishi natijasida talofat ko‘rganlar uchun markazlashgan insonparvarlik yordamini to‘plash markazini tashkil qildi.

Har kuni savob kilish istagi bor har bir inson kiyim-kechak, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlarini “Navro‘z” restorani yonidagi avtoturargohga (mo‘ljal – “Xalqlar do‘stligi” saroyi) quyidagi tartib asosiyda keltirishi mumkin:

- soat 7:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha istagi bor barcha fuqarolar o‘z avtomobillarida;

- soat 10:00 dan 20:00 gacha – maxsus stikerlarga ega avtomobillarda.

Bu yerdan siz tomoningizdan yetkazilgan yordam, maxsus ajratilgan avtobuslarda (yuk mashinalarida), barcha sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda Sirdaryo viloyatiga jo‘natiladi.

Sizdan iltimos, tushunmovchiliklar, firibgarlik holatlari ro‘y bermasligi uchun pul mablag‘larini yig‘ib hisob raqamlari yoki bank kartalariga jo‘natmang.

Talofat ko‘rgan Sirdaryo viloyat aholisiga yordam ko‘rsatish hisob raqami qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.

☎️Ma’lumotlar uchun telefon: +99871 239 17 28


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!