Toshkent "sayyohlar uchun eng arzon shaharlar" ro‘yxatiga kiritildi

Toshkent "sayyohlar uchun eng arzon shaharlar" ro‘yxatiga kiritildi

Xorijiy sayyohlar uchun eng arzon shaharlar ro‘yxati shakllantirildi. Cost of Living City Ranking reytingidan Toshkent, Dushanbe va Bishkek ham o‘rin olgan.

Ro‘yxatda jami 227 ta shahar mavjud bo‘lib, eng qimmatdan eng arzonga qarab shakllantirilgan. Toshkent 221-o‘rinni egalladi.

Xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shahar sifatida Gonkong, eng arzoni esa Anqara deb tan olingan.

Eng arzon shaharlar o‘nligiga, shuningdek, Jazoir, Tunis, Istanbul, Karachi, Islomobod, Olmaota (219), Dushanbe (225) va Bishkek (226) kirdi.

Yuqori narx bo‘yicha birinchi o‘ntalikka bir vaqtning o‘zida to‘rtta Shveysariya shahri kirdi: Syurix, Jeneva, Bazel va Bern.

Gonkong esa xorijliklar uchun dunyodagi eng qimmat shahar deb tan olindi. Top 10 talikka Tel-Aviv, Nyu-York, Singapur, Tokio va Pekin ham kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!