Nega IELTS imtihonida o‘zbekistonlik nomzodlar yozmadan past ball oladi?

Nega IELTS imtihonida o‘zbekistonlik nomzodlar yozmadan past ball oladi?

Xalqaro til bilish darajasini aniqlovchi IELTS imtihoni natijalari tahlil qilinganda, o‘zbekistonlik nomzodlar orasida keskin bir nomutanosiblik ko‘zga tashlanadi. Oxirgi bor Yoshlar ishlari agentligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizdagi talabgorlarning Listening (eshitib tushunish) va Reading (o‘qib tushunish) ko‘nikmalari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlari 6.0 dan yuqori bo‘lgani holda, Writing (yozma nutq) bo‘limi doimiy ravishda eng past natijani qayd etib, o‘rtacha 5.5 ballni tashkil qilgan. Shuningdek, bu ko‘rsatkichlar mas’ul tashkilotlar tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, hozirda natijalarda sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Ammo hanuzgacha talabgorlar uchun Writing (yozma nutq) muammoligicha qolmoqda.

Bu ko‘rsatkich nafaqat boshqa ko‘nikmalardan, balki ko‘plab qo‘shni davlatlardagi o‘rtacha natijalardan ham biroz pastroqdir. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: nega ko‘pchilik nomzodlar boy lug‘at zaxirasiga ega bo‘la turib, yozish jarayonida “fikriy blok” (writing block) holatiga tushib qoladi? Nima uchun o‘zbekcha fikrlab, inglizchaga so‘zma-so‘z tarjima qilish odati ballarni tushiruvchi asosiy omilga aylangan? Quyida ushbu savollarga javob izlash bilan birga, akademik yozish madaniyati, tanqidiy fikrlashning yetishmasligi va imtihon mezonlarini noto‘g‘ri talqin qilish kabi eng asosiy kamchiliklarni mantiqiy dalillar asosida ko‘rib chiqamiz.

IELTS imtihonining yozma nutq (Writing) qismi ko‘pchilik uchun eng murakkab dovon hisoblanadi. Biroq uning mohiyatini o‘zbekona qiyoslar orqali tushuntiradigan bo‘lsak, bu shunchaki o‘z fikrini qisqa, lo‘nda va eng muhimi — tiniq ifoda eta olish san’atidir. Bu qoida juda oddiy tuyulishi mumkin, lekin amaliyotda biz katta to‘siqqa duch kelamiz: inson tabiatan ko‘p eshitadi, gapiradi va o‘qiydi, ammo o‘zini yozishga majbur qilishi juda qiyin. Kam yozganimiz sababli, fikrni ixcham shaklda qog‘ozga tushirish ko‘pchilik uchun chinakam muammoga aylanadi.

Bu jarayonda o‘quvchilar ko‘pincha ingliz tilidagi ikki muhim tushuncha — “Complex” va “Complicated” atamalarini bir-biridan farqlay olmaydilar. “Complex” deganda biz ijobiy ma’nodagi murakkablikni tushunishimiz kerak — xuddi zamonaviy avtomobil kabi. Avtomobil ichki tuzilishi jihatidan murakkab texnologiya mahsuli bo‘lsa-da, uning vazifasi aniq: u bizni manzilga yetkazadi. “Complicated” esa salbiy ma’nodagi murakkablik bo‘lib, u shunchaki tushunarsiz, chigal va qiyin deganidir. Ko‘plab nomzodlar “qanchalik o‘qishga qiyin va balandparvoz atamalar ishlatsam, shuncha yuqori ball olaman” deb xato o‘ylashadi. Vaholanki, haqiqiy mahorat qiyinlashtirishda emas, balki murakkab (complex) tuzilmalardan foydalangan holda fikrni aniq va to‘g‘ri yetkazishda namoyon bo‘ladi. Masalan, kirish qismida o‘rinsiz ishlatilgan o‘nlab so‘zlardan ko‘ra, o‘z o‘rnida qo‘llangan uch-to‘rtta so‘z yuqori natija beradi.

Insho yozishni taom tayyorlash mahoratiga qiyoslash mumkin: bunda lug‘at boyligi sizdagi mahsulotlar bo‘lsa, grammatika — ovqat pishirish qobiliyatingizdir. Qanchalik sifatli va ko‘p ingrediyentlaringiz bo‘lmasin, agar ularni bir joyga jamlash va ishlov berish mahoratiingiz (grammatikangiz) oqsasa, o‘rtaga mazali taom chiqmaydi. Tekshiruvchilar “Task 1”dagi statistik ma’lumotlarni bayon qilishda nafaqat raqamlarni keltirishni, balki qaysi ko‘rsatkichlar muhimligini ajrata olish qobiliyatini ham baholaydilar. “Task 2”da esa fikrlarni mantiqiy bog‘lash (Cohesion) eng og‘riqli nuqtamizdir. Bizda fikrlarni izchil yozish ko‘nikmasi shakllanmagani sababli, keltirilgan sabablar ko‘pincha bo‘sh va isbotsiz bo‘lib qoladi. Masalan, “smartfonlar tanazzulga yetaklaydi” degan fikrga “chunki tanishim agressiv bo‘lib qoldi” deb dalil keltirilsa, “u tanish kim?”, “qanday qilib aynan smartfon bunga sabab bo‘ldi?” degan savollar ochiq qoladi. Biz fikrimizga pishiq sabab va hayotiy misollar keltirish o‘rniga, ko‘pincha yuzaki fikrlar bilan cheklanib qolamiz.

Umuman olganda, o‘zbekistonlik nomzodlarning IELTS imtihonida, ayniqsa Writing (yozma ish) bo‘limida, kutilganidan past ball olishlari zamirida chuqur tizimli va psixologik omillar yotadi. Bu muammoning ildizi, eng avvalo, maktab davridagi o‘qitish uslubimizga borib taqaladi. Maktablarda bizga asosan diktant yozish o‘rgatilgan bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchi o‘zi mustaqil fikrlamaydi, balki birov aytgan gapni shunchaki xatosiz ko‘chirish bilan cheklanadi. Shu sababli bugun ko‘pchilik yoshlar o‘z fikrini erkin, mantiqiy va tartibli bayon qilishga kelganda qiynalib qolmoqda. Chunki ta’lim tizimi ularni tahliliy fikrlashga emas, balki tayyor qoliplarni “xatosiz ko‘chirish”ga moslashtirgan.

Bundan tashqari, hozirgi yoshlar orasida nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzilish ham asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘pchilik internetda “yaxshi yozish sirlari” haqida yuzlab videolar ko‘radi, maslahatlar eshitadi, lekin bu bilan ish bitmaydi. Yozishni o‘rganish xuddi velosiped haydashga o‘xshaydi: siz qancha ko‘p qo‘llanma ko‘rmang, o‘zingiz rulga o‘tirib mashq qilmasangiz, natijaga erisha olmaysiz.

Yozish — bu shunchaki nazariy bilim emas, balki har kuni bajarilishi kerak bo‘lgan jismoniy mashqdir. Faqat muntazam amaliyot orqaligina insonning qo‘li va fikri uyg‘unlashib, yozish ko‘nikmasi shakllanadi. Shuningdek, lug‘at boyligidan foydalanishdagi noto‘g‘ri yondashuv ham past ball olishga sabab bo‘ladi. Ko‘p nomzodlar imtihon oluvchini hayron qoldirish maqsadida eng murakkab va kam ishlatiladigan so‘zlarni matnga tiqishtirishga harakat qiladi. Vaholanki, so‘z tanlash kiyim tanlashga o‘xshaydi — u sizga yarashishi, fikringizga mos tushishi va qulay bo‘lishi shart. Agar ishlatilgan qiyin so‘z gapning mazmunini xiralashtirsa, undan hech qanday naf yo‘q.

O‘zbekistondagi nomzodlar muvaffaqiyatga erishish uchun e’tiborni “men qanchalik murakkab so‘z bilaman” degan sun’iy ko‘rsatkichga emas, balki “mening fikrim o‘quvchiga qanchalik tiniq va tushunarli yetib boryapti?” degan savolga qaratishlari lozim. Zero, IELTS Writing mezonlarida ham, haqiqiy hayotda ham eng yuqori baholanadigan jihat — bu fikrning mantiqiy izchilligi va bayonning tiniqligidir.

Olimjon Merzajanov Fayzulla o‘g‘li
Toshkentdagi Vebster universiteti talabasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

«Jumanji» aktyori vahshiylarcha o‘ldirildi

Лос-Анжелес полицияси америкалик актёр Жеймс Хэндининг ўлдириб кетилиши юзасидан тергов ҳаракатларини олиб бормоқда.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Qurbonlar bor! Qarshi tumanida sodir bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

Kiyev Vashingtonga yashirin signal berdi

Бу ҳақда Украинанинг "Страна" нашри тоғ-кон саноати билан боғлиқ манбаларига таяниб хабар бермоқда.

Rossiyada Putinni himoya qiluvchi videokuzatuv kameralari ishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi

Россия Президентини​нг матбуот котиби Дмитрий Песков газетанинг камералар ўчирилгани ҳақидаги саволларига жавоб бермади

Andijonda 16 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Андижон вилоят ИИБ вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш маркази инспектори-ижтимоий ходими лавозимида ишлаган С.Б вояга етмаган У.Мни Андижон шаҳарда жойлашган кўп қаватли уйга олиб бориб, у билан жинсий алоқа қилганлиги аниқланган.

Eron Isroilga qarata raketalar uchirdi va buni Livan poytaxtiga qilingan hujumga javob deb atadi

Аввалроқ Теҳрон Исроилнинг Байрут жанубига берган авиазарбасига “кескин ва оғриқли” жавоб қайтаришга ваъда берган эди.

Fransiya va Germaniya qo‘shma qiruvchi samolyot loyihasidan voz kechmoqchi

Фридрих Мерц ва Эммануэль Макрон Европа давлатлари учун мўлжалланган олтинчи авлод қирувчи самолётни биргаликда ишлаб чиқиш лойиҳаси бўйича шартномани имзолай олмаслик ҳақида келишиб олгани хабар қилинди.

Netanyahu Isroilning Hizbullohga qarshi operasiyasi davom etishini ma’lum qildi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяҳу Хавфсизлик кенгаши йиғилишидан сўнг Исроил Мудофаа кучларининг (IDF) Ливандаги Ҳизбуллоҳга қарши операцияси ҳали якунланмаганини билдирди.

Filippin janubidagi kuchli zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Маҳаллий ҳокимият маълумотларига таяниб хабар беришича, жабрланганлар сони 200 нафардан ошган.

Rejimni mustahkamlash va Rossiyani jilovlash: nima uchun Si Szinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi?

Хитой раиси Си Цзиньпиннинг Пхеньянга келган Си Цзиньпин ва Ким Чен Ин икки давлат ўртасидаги «енгилмас дўстлик»ни яна бир бор таъкидлади.

Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda

Ҳужжатлар кўриб чиқиш учун тегишли судловга юборилган. Воқеа қачон содир бўлганига аниқлик киритилмаган.

Filippindagi zilzila qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Полиция маълумотларига кўра, офат туфайли камида 134 киши жароҳатланган.

Qarshida gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi​​​​​​​

Хабар келиб тушиши билан воқеа жойига қутқарув бўлинмалари зудлик билан етиб борган. Айни пайтда портлаш оқибатида келиб чиққан ёнғинни бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.

Dominikan Respublikasida biznes-jet halokatga uchrab, portlab ketdi

Gulfstream G200 бизнес-жети Техасга чартер рейсини амалга ошираётган бўлган.

Toshkent metrosida yo‘lovchining pauerbanki tutab ketdi

Дастлабки маълумотларга кўра, пауэрбанк тутаб кетганидан сўнг унинг эгаси қурилмани вагон полига улоқтириб юборган.

Toshkent va Xorazmda narkosavdogarlar ushlandi

Дастлабки суриштирув давомида у ўзининг онасига тегишли Тошкент туманидаги хонадонда гиёҳвандлик ўсимликларини етиштираётганлиги аниқланди.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi: Ebola epidemiyasi rekord darajaga yetishi mumkin

АҚШнинг Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш марказлари (CDC) таҳлилчилари томонидан тайёрланган моделларга кўра, Марказий Африкадаги Эбола эпидемияси 2014 йилдаги рекорд даражадаги эпидемия кўламига етиши ёки ҳатто ундан ошиб кетиши мумкин.

AQShda yarim asr ichida ilk bor harbiylar qatl etilishi mumkin

Қўшма Штатлар Қуролли Кучлари ярим асрдан кўпроқ вақт ичида биринчи марта ҳарбий қатлларни амалга оширишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда ABC телеканали ички армия ҳужжатига таяниб хабар берди.

Ruminiya prezidenti: Konstansa portida portlagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lgan

Руминия президенти Никушор Дан Констанца фуқаролик порти ҳудудида портлаган денгиз дрони Украинага тегишли бўлганини расман тасдиқлади.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil hujumlari oqibatida qariyb 3600 kishi halok bo‘ldi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.

Uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda muhim natijalar

Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ушбу қоидабузарликлар натижасида, электр таъминоти корхонасига жами 2 миллиард 154 миллион сўмлик зарар етказилганлиги маълум бўлди.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi: farzandlar uchun kurash davom etmoqda

Дубайда озарбайжонлик собиқ гимнастикачи Зейнаб Жавадли ҳибсга олинди.

Ruminiyaning Konstansa porti yaqinida dengiz droni portladi

Маҳаллий оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, ҳозирда Руминия қирғоқлари яқинида яна учта денгиз дрони аниқланган.

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

48 ёшли эркак Т.С. жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, жамоат жойида бўла туриб уятсиз ҳаракатлар содир этган.