«Toshkent — Sariosiyo — Toshkent» yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

«Toshkent — Sariosiyo — Toshkent» yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2023 yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan taqdimotlar va muloqotlar jarayonida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 82/81-sonli «Toshkent — Sariosiyo — Toshkent» yo‘nalishida alohida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Poyezd 2023 yilning 10 dekabr sanasidan harakatni amalga oshiradi.

Chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz va Uzrailways ilovasi orqali yoki temir yo‘l chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin.

Izoh: hozirgi kunda «Toshkent — Termiz — Sariosiyo» yo‘nalishida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yo‘lovchi poyezd harakati mavjud bo‘lib, ushbu poyezd ajralmas tarkib bilan harakatlanadi.

Shu sababdan ushbu poyezdni ikkita yo‘nalishda alohida qatnovlarini tashkil etish yo‘lovchi tashishlar sonini ikki barobarga oshirilishiga xizmat qiladi.

Yo‘nalishlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

82-sonli «Toshkent — Sariosiyo» yo‘nalishi: Toshkent 21:40 — Sariosiyo 12:08

81-sonli «Sariosiyo — Toshkent» yo‘nalishi: Sariosiyo 19:13 — Toshkent 11:47

80-sonli «Toshkent — Termiz» yo‘nalishi: Toshkent 19:50 — Termiz 9:40

79-sonli «Termiz — Toshkent» yo‘nalishi Termiz 17:43 — Toshkent 8:53


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!