Toshkent sambo bo‘yicha 2025 yilgi Osiyo va Okeaniya chempionatiga mezbonlik qiladi

Toshkent sambo bo‘yicha 2025 yilgi Osiyo va Okeaniya chempionatiga mezbonlik qiladi

Bugun, 8 iyun kuni Astana shahrida Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasining navbatdagi Kongressi tashkil etildi.

Unda tashkilotga a’zo milliy federasiya va assosiasiya vakillari ishtirok etishdi. Yurtimiz nomidan O‘zbekiston sambo assosiasiyasi raisi Alisher Alimov mazkur Kongressda qatnashdi.

Kongress davomida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shu jumladan, oldinda turgan musobaqa mezbonlari ham aniqlandi.

Unga ko‘ra, 2025 yil sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati mezbonligi uchun Toshkent shahri da’vogarlik qilgandi. Unga ko‘ra, poytaxtimiz varianti bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Shu tariqa, 2 yildan keyingi Osiyo-Okeaniya chempionati O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!