Toshkent metrosida navbatdagi "triller": vagon eshigi yopilmay qoldi (video)

Toshkent metrosida navbatdagi "triller": vagon eshigi yopilmay qoldi (video)

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi Pushkin va Buyuk ipak yo‘li bekatlari oralig‘ida vagonning eshigi yopilmagan. Shunga qaramay, yo‘lovchilarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda metro o‘z harakatni davom ettirgan. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev yozmoqda.

 

Bunaqa dahshatni faqat triller kinolarda ko‘rish mumkin edi, ammo o‘z ishiga mas’uliyatsiz insonlarning kasriga, ming afsuski, bizda bunaqa holatlar kundalik voqeaga aylanib qolayotgandek. 

8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida kontakt relsining kronshteynlari chiqib ketgan, vagonlardagi yo‘lovchilar esa evakuasiya qilingandi.

18 mart kuni esa «Olmazor» va «Sirg‘ali» metro yo‘nalishining «Bekat-1» bekatlari oralig‘ida ikkita vagon to‘qnashib ketgandi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!