Toshkent hokimiyati ogohlantirdi: kuchli shamol

Toshkent hokimiyati ogohlantirdi: kuchli shamol

Toshkent shahar hokimiyati kuchli shamol bo‘lishi haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Poytaxt hokimiyati xabarida aytilishicha, 2 iyul kuni Toshkentda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +40...+42 daraja issiq, kechasi +21...+23 darajada iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida Sharqdan esadigan shamol tezligi 15-20 m/s, kuchayganida 17-22 m/sgacha yetishi mumkin.

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmasligi uchun, bunday paytda daraxtlar va katta hajmdagi reklama banerlari ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang”, - deyilgan xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!