"Toshkent-Guanchjou" yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi
Aviaqatnov dekabr oyidan boshlab esa haftasiga 2 marotaba, yakshanba va chorshanba kunlari Guanchjou shahridagi "Bayyun" xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.
O‘zbekistoning "Centrum Air" aviakompaniyasi "Toshkent-Guanchjou" yo‘nalishi bo‘yicha ilk havo qatnovini amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Guanchjou shahrining "Bayyun" xalqaro aeroporti qo‘nish maydonida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilari hudud aviasiya sohasi mutasaddilari, aeroport ma’muriyati, "Centrum Air" aviakompaniyasi rahbariyati hamda OAV vakillari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
Tadbir davomida Xitoy tomoni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tobora o‘sib borayotgan hamkorlikni ijobiy baholab, hududlar o‘rtasida yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yilishi madaniy va iqtisodiy almashinuvlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidladi.
"Bayyun" xalqaro aeroporti direktorining o‘rinbosari Pan Jian O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Xitoy fuqarolariga vizasiz kirish huquqini taqdim etgani va mazkur aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilgani mahalliy biznes doiralari vakillari va sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifini yanada osonlashtirishda muhim omil bo‘lishini urg‘uladi.
Ushbu reys bilan "Centrum Air" aviakompaniyasi ko‘magida Xitoyning 20 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari va tur agentliklari vakillarining mamlakatimizga tashrifi amalga oshirildi. Uning doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyati, sohada yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishish va yangi mavsum uchun istiqbolli sayyohlik dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Avia qatnovlar noyabr oyida haftasiga 1 marotaba, yakshanba kuni, dekabr oyidan boshlab esa haftasiga 2 marotaba, yakshanba va chorshanba kunlari Guanchjou shahridagi "Bayyun" xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.