Taqiqlarsiz: kunning istalgan vaqtida yeyish mumkin bo‘lgan 5 ta mahsulot
Hatto eng sog‘lom oziq-ovqat ham kunning noto‘g‘ri vaqtida iste’mol qilinsa, tanaga zarar yetkazishi mumkin. Yaxshiyamki, har qanday qoidada istisnolar mavjud: mutaxassislar vaqtga qaramay, sog‘liq va qomat haqida qayg‘urmasdan istalgan vaqtda yeyish mumkin bo‘lgan kamida beshta taomni aniqlashdi.
Qatiq
Tanani kalsiy va oqsil bilan ta’minlaydi, toksinlardan tozalaydi va ichak mikroflorasini normallashtiradi. Ertalab och qoringa qatiq ichish metabolizmni tezlashtiradi va qisman to‘yintiradi, ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi, shuningdek, ertalabki yomon hidni yo‘q qiladi. Qatiq yotishdan oldin ham foydalidir: past kaloriyali ichimlik ochlikni qondiradi va lekin vaznni ko‘paytirmaydi, uning tarkibidagi tinchlantiruvchi modda sog‘lom uyquga yordam beradi. Ertalabgacha qatiq to‘liq hazm bo‘ladi va siz oshqozoningizda yengillik hissi bilan uyg‘onasiz.
Avakado
Yog‘ kislotalari, vitaminlar va minerallarga boy ekzotik mevani kunning istalgan vaqtida yeyish mumkin. Ertalab u metabolik jarayonlarni faollashtiradi va tanaga quvvat beradi. Kechqurun ham avakado uchun ajoyib vaqt. Bundan tashqari, meva vazn yo‘qotish jarayonini tezlashtiradi va organizmni chiqindilar, toksinlardan tozalaydi. Ushbu meva asab tizimini mustahkamlovchi, stress va uyqusizlikning oldini oluvchi kaliyga ham boy.
Brokkoli
Brokkoli oqsillar, vitaminlar, minerallar va mikroelementlarning eng yuqori miqdoriga ega sabzavotlardan biridir. Brokkolining kaloriyasi juda past, ya’ni uni kunning istalgan vaqtida ortiqcha vazn yig‘ishdan qo‘rqmasdan iste’mol qilish mumkin. Bundan tashqari, sabzavot kaliyga boy: u nervlarni tinchlantiradi, uyquni normallashtiradi va stressga chidamlilikni oshiradi.
Nok
Ozishni xohlovchilar uchun juda yaxshi meva. Kechasi mevani iste’mol qilish ochligingizni qondiradi va yog‘larning to‘planishining oldini oladi. Bundan tashqari, nok uxlayotganingizda tanani toksinlar va boshqa zararli moddalardan tozalashga yordam beradi. Nonushta uchun meva kun davomida ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi va kun davomida iste’mol qilinadigan barcha ovqatlarning yaxshiroq hazm bo‘lishini ta’minlaydi. Nok, ayniqsa, bayram, tadbirlardan so‘ng ertalab foydalidir – u oshqozon-ichak faoliyatini tiklaydi va oshqozondagi og‘irlikni yengillashtiradi.
Pishloq
Echki sutidan bo‘lgan pishloq go‘sht va qattiq pishloqlarga qaraganda tezroq va oson hazm bo‘ladigan oqsilning ajoyib manbaidir. Ertalab ushbu mahsulotning bir necha bo‘lagi ishtahani va hazm qilishni yaxshilaydi, ish faoliyatini oshiradi. Echki pishlog‘ining kaloriya miqdori past, shuning uchun siz vazn yig‘ishdan qo‘rqmasdan uni kechki ovqat paytida iste’mol qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, pishloqdagi triptofon modda tufayli uyqungiz tinch bo‘ladi – diyetologlar yotishdan oldin bir necha bo‘lak yeyishni tavsiya qiladilar. Kechki ovqat uchun pishloqdan zavqlanishning yana bir sababi: jigar kechalari faolroq ishlaydi, pishloq esa vitaminlar bilan ta’minlash va qonni toksinlardan tozalashga yordam berish orqali uni qo‘llab-quvvatlaydi.