Toshkent davlat pedagogika universiteti: onlayn ta’lim - raqamlarda

Har qanday sharoitda ham kechirtirib bo‘lmaydigan masala – shubhasiz, ta’lim masalasidir. Karantin davrida Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘z faoliyatini onlayn tarzda davom ettirmoqda.
Universitetda ta’til davrida talabalar masofaviy ta’lim dasturlari orqali bilim olishlari uchun talaba.tdpu.uz platformasi ishga tushirildi. Undan foydalanish bo‘yicha ikki tilda (o‘zbek, rus) videoyo‘riqnomalar yaratildi.
Platformada 31 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 918 ta fandan, 33 ta magistratura mutaxassisliklarida 168 ta fandan masofaviy ta’lim olish imkoniyatlari yaratildi.
Ayni vaqtda tizimda 873 nafar professor-o‘qituvchi, 12 454 nafar talaba ro‘yxatdan o‘tgan, shulardan 4 006 nafari sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim talabalari, 8 448 nafari kunduzgi va kechki bo‘lim talabalari.
Universitetning har bir talabasi o‘z elektron reyting daftarchasiga ega.
O‘quv-materiallari bilan tanishish, qisqa formatdagi testlar yordamida bilimlarni tekshirish, baholar bilan tanishish mumkin bo‘lgan @tdpubot boti ishga tushirildi.
2 000 dan ortiq videodarslar videodars.tdpu.uz markaziy katalogiga joylashtirildi.
12 437 dan ortiq elektron adabiyotlar masofaviy ta’lim platformasiga joylashtirildi.
51 690 ta elektron o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilib, masofaviy ta’lim platformasi hamda maxsus majmua.tdpu.uz veb-saytiga joylashtirildi.
www.pedkutubxona.uz TDPU qoshidagi Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi rasmiy saytida o‘zbek va rus tillarida pedagogika, psixologiya, tilshunoslik, dinshunoslik, tibbiyot, texnika, san’at, sport, tarix va boshqa yo‘nalishlardagi 4 000 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop, qiziqarli, ensiklopedik va badiiy elektron adabiyotlar joylashtirildi.
2020 yil 1 aprelidan ZOOM platformasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 70 dan ortiq va magistratura mutaxassisliklari uchun 20 dan ortiq virtual auditoriyalarda onlayn vebinar mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.
Jarayonni doimiy monitoring qilish, yuzaga kelgan savollarga o‘z vaqtida javob berish va texnik muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-o‘quv-uslubiy boshqarmaning @TDPU masofaviykunduzgi va @TDPU magistratura vebinar telegramm kanallari ishga tushirildi.
Televizion videodarslar
ZO‘R TV telekanali bilan hamkorlikda pedagogika ta’lim sohasining barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun Umumiy pedagogika va Umumiy psixologiya va Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Matematika o‘qitish metodikasi”, Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish” fanlaridan turkum videoma’ruzalar yaratilib, efirga uzatilmoqda.
Videodarslar haftasiga to‘rt kun ZO‘R TV kanali va Toshkent davlat pedagogika universiteti rasmiy veb-saytida (www.tdpu.uz) hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida namoyish etiladi.