Toshkent 2024 yilda MDH Yoshlar poytaxti maqomini oladi

Toshkent 2024 yilda MDH Yoshlar poytaxti maqomini oladi

Rossiyaning Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) hukumat rahbarlari kengashining (HRK) tor formatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida kelgusi uch yil uchun MDH Yoshlar poytaxtini e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi:

- 2024 yilda bu maqom Toshkent shahriga (O‘zbekiston) berildi;

- 2025 yilda - Gabala shahriga (Ozarbayjon);

- 2026 yilda - Kapan shahriga (Armaniston).

Yoshlar poytaxti maqomi bir yil muddatga beriladi. Tanlangan shaharda milliy va xalqaro miqyosdagi yoshlar tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

So‘ngra MDH Kengash majlisi keng tarkibda davom etdi, unda MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar imzolandi.

Shuningdek, MDH davlatlarining radiasiyaviy vaziyat bo‘yicha monitoring ma’lumotlarini almashish bo‘yicha o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Shuningdek, sanoat kooperasiyasi, madaniy-gumanitar soha, moliyaviy va kadrlar masalalari bo‘yicha ham qator qarorlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida MDH davlatlarining Spartakiadasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!