Toqayev Nyu-Yorkda IT-kompaniyalarda ishlaydigan qozog‘istonliklar bilan uchrashdi

Toqayev Nyu-Yorkda IT-kompaniyalarda ishlaydigan qozog‘istonliklar bilan uchrashdi

Toqayev Nyu-Yorkda Digital Nomads vakillari – xorijdagi yirik IT-kompaniyalarda ishlaydigan qozog‘istonliklar bilan uchrashdi.

Jamiyat tarkibiga 400 nafarga yaqin yosh vatandoshlar kiradi.

Toqayev yig‘ilish ishtirokchilariga “Adolatli Qozog‘iston”ni barpo etish iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini aytdi.

Yig‘ilishda Taskrabbit com kompaniyasining strategiya va rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Aset Abdualiyev, venchur investor, DCVC direktori Anna Fokina, Google dasturiy ta’minot muhandisi Arai Sabyrjan va Booking dasturiy ta’minoti menejeri Alibek Datbayev so‘zga chiqdi. Ular xorijiy kompaniyalarda ishlash taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va mahalliy IT-sohani rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!