Tolibon rahbarlari o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Baradar Kobuldan ketdi

Tolibon rahbarlari o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Baradar Kobuldan ketdi

Baradar Kobulda hukumat tarkibi borasida janjallashib qoldi va Qandahorga ketdi. Bu haqda BBC Pashto xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, prezidentlik saroyida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Abdul-G‘ani Baradar va migrasiya vaziri Xalil al-Rahmon Haqqoniy o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Baradar hukumatning barcha a’zolari Tolibon ruhoniylari bo‘lishini xohlamadi, hukumatda barcha etnik guruhlarga, shuningdek ayollarga joy berishga intildi. BBC Pashto manbalariga ko‘ra, hozir bosh vazirning birinchi o‘rinbosari xafa bo‘lib, Qandahorga jo‘nab ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!