Tolibon Afg‘onistonda valyuta operasiyalarini taqiqladi

Tolibon Afg‘onistonda valyuta operasiyalarini taqiqladi

Afg‘onistonni nazorat qiluvchi «Tolibon» harakati mamlakatda valyuta operasiyalarini taqiqlashini e’lon qildi, Ichki ishlar vazirligi qoidabuzarlarga qattiq jazo berilishi haqida ogohlantirdi.

«Afg‘oniston Islom Amirligi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra (Tolibon o‘z hukumatini shunday ataydi ) yer, uylar, do‘konlar, bozorlar, uylar, kvartiralar, asbob-uskunalar, transport vositalarini sotib olish va sotish, ijara va chet el valyutasiga asoslangan ipotekalar qat’iyan man etiladi», - deyiladi chorshanba kuni Ichki ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan xabarda.

«Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi viloyatlardagi barcha ichki ishlar boshqarmalari va razvedka xizmatlarini doimiy nazorat qilib borish va bunday holatlarning oldini olish qat’iy bo‘yicha topshiriq beradi. Qoidabuzarlar shariat va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qattiq jazolanadi», deyiladi hujjatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!