Tokio aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi toshbaqalar tufayli yopildi

Tokio aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi toshbaqalar tufayli yopildi

Sudralib yuruvchilar yaqin atrofdagi hovuzda yashaydi. Ular samolyotning turbinasiga so‘rilishi xavfi mavjud - qattiq qobiq tufayli bu falokat bilan yakunlanishi mumkin.

Aeroport ma’muriyati buning chorasini topish uchun mutaxassislar bilan maslahatlashishni rejalashtirgan. Hovuzdagi toshbaqalarni qisman yo‘q qilish, hamda hovuz va uchish yo‘lagi o‘rtasida to‘siq o‘rnatish ko‘rib chiqiladi.

Sentyabr oyida toshbaqalardan biri allaqachon yo‘lakka chiqib ketgan edi. Aynan shu voqeadan keyin ma’muriy choralar ko‘rilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!