Tojikistonda oziq-ovqat narxi oshdi

Tojikistonda oziq-ovqat narxi oshdi

Ukraina urushidan keyin Tojikistonda oziq-ovqat jumladan bug‘doy va unning narxi keskin oshdi.

Eron teleradiokompaniyasining o‘zbek tilidagi saytining xabar qilishicha, Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Tojikistonda bug‘doy narxi 30 foizga oshib, 28 dollardan (50 kilogramm qop) 35 dollargacha yetgan.

Tojikistonda oziq-ovqat narxi jumladan o‘simlik yog‘i narxi 20 somoniydan 30 somoniyga (har 100 somoniy 9 dollarga teng), go‘sht narxi 60 somoniydan 70 somoniyga ko‘tarilgan.

Oddiy restoranlarda har bir taomning narxi 25 foizga oshdi.

Tojikistonda jumladan butun Markaziy Osiyoda ham meva-sabzavot narxi oshgan.

Bularning barchasiga energiya tashuvchilar, jumladan yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxining oshishi ham qo‘shildi.

Rasmiylar va ekspertlar ham Tojikistonda un narxining oshishi Qozog‘istondan sotib olingan bug‘doy narxining oshishi bilan izohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz Tojikiston bug‘doyning 90 foizini Qozog‘istondan sotib oladi va Ukraina urushidan keyin Qozog‘iston ham bug‘doy eksportini cheklab qo‘ydi va narxini ham oshirdi.

Qozog‘iston o‘tgan yili bir tonna bug‘doyni Tojikistonga 240 dollardan, 2022-yil yanvarida esa 285 dollardan sotgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!