Tojikiston poytaxti Dushanbeda Islom qonunlari bo‘yicha moliyaviy faoliyat amalga oshiruvchi birinchi bankka lisenziya berildi. U 2014 yilda qabul qilingan Islom moliyasiga oid qonun asosida faoliyat olib boradi. Bu haqida Mir24 xabar berdi.
Islomiy bankda ribo (foiz)ni harom bo‘lib, u to‘laligicha shariat qoidalari bo‘yicha faoliyat olib boradi. Unda kreditlash degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Buning o‘rniga bank sarmoyador sifatida potensial mijozini sarmoyalaydi. Bunda mijozi olgan foydasidan shartnomaga muvofiq bank o‘z ulushini oladi.
«Bugun biz qanday ishlash va rivojlanish strategiyasini muhokama qildik. Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, biz faoliyatimizni kengaytiramiz. Ushbu bankning ochilishi Respublika bank tarixida yangi sahifani ochib beradi», — deydi «Tavhid bank» direktori Sherali Zardov.
Islomiy bank foiz asosida ishlamasligi hamda shariat nojoiz deb topgan faoliyat turlari, masalan, spirtli ichimliklar ishlab chiqarishni sarmoyalamasligi kerak.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.