Tojikistonda bir necha jinoyat sodir etgani uchun davlatlararo qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Tojikistonda bir necha jinoyat sodir etgani uchun davlatlararo qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

O‘skemen shahrida bir necha jinoyatlar sodir etgani uchun davlatlararo qidiruvda bo‘lgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Huquq-tartibot idorasi xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari davomida O‘skemen shahridagi ijaraga olingan xonadonlardan birida xorijlik jinoyatchini qo‘lga oldi. 25 yoshli tojikistonlik firibgarlik va o‘g‘irlik uchun bir yildan ortiq qidiruvda edi.

“Hozirgi vaqtda erkak vaqtincha saqlash hibsxonasiga saqlanmoqda. Tojikiston Respublikasidagi hamkasblarga jinoyatchining joylashuvi haqida xabar yuborildi. Uni ekstradisiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi viloyat PD matbuot xizmati xabarida.

Yil boshidan buyon Sharqiy Qozog‘iston viloyati PD xodimlari tomonidan 20 ga yaqin qidiruvdagi jinoyatchilar qo‘lga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!