Tojikiston rasmiylari uchta terakt aniqlangani haqida xabar berdi
Tojikistonda joriy yilning olti oyida uchta terakt, shuningdek, yana ikkita hujumga urinish qayd etilgan va fosh etilgan.
Bu haqda respublika ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdurahmon Alamshozoda matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Shu davrda boshqarma tomonidan terrorchilik va ekstremistik xarakterdagi 582 ta jinoyat qayd etilgan.
Shuningdek, ko‘rilgan choralar natijasida qidiruvda bo‘lgan 1381 nafar jinoyatchi qo‘lga olinganini alohida ta’kidladi.
"Joriy yilda xalqaro qidiruvda bo‘lgan 44 nafar jinoyatchi xorijiy davlatlarda qo‘lga olindi, ulardan 22 nafari Interpol milliy markazi orqali Tojikistonga ekstradisiya qilindi”, — dedi u.
Alamshozodaning qo‘shimcha qilishicha, ushbu davrda terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning 226 nafar a’zosi qo‘lga olingan.
"Shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 220 nafar fuqaro xorijdan o‘z vataniga o‘z ixtiyori bilan qaytdi va jinoiy javobgarlikdan ozod etildi", – deydi u.
Tushuntirish choralari ko‘rilgani natijasida 1589 nafar terrorchilik harakati va tashkilotlari a’zosi hamda qurolli amaliyotlar ishtirokchisi xorijdan qaytarildi.
"Ular jinoiy javobgarlikdan ozod qilinib, tinch hayotga qaytishdi" - dedi Alamshozoda.
Shuningdek, terrorchilarning 47 oilasi urushayotgan mamlakatlardan qaytarildi - jami 381 nafar Tojikiston fuqarosi.