Tojikiston chegara xizmati Afg‘onistondan hujum sodir bo‘lganini ma’lum qildi

Tojikiston chegara xizmati Afg‘onistondan hujum sodir bo‘lganini ma’lum qildi

7 may kuni soat 11:45da Afg‘onistonning Taxor viloyati Xo‘jagor sektorida, Panjning 12-sonli chegara posti qarshisida Tolibon qo‘shinlari va “Islomiy davlat” tashkiloti a’zolarining qurolli guruhi o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markazi xabar berdi.

Avvalroq OAV Tojikiston Respublikasi kuch tuzilmalaridagi manbalarga tayanib, “Tolibon” ular bilan chegaradosh Farxor viloyatida Tojikiston tomon 7 ta raketa uchirgani haqida xabar bergandi.

“Tolibon jangarilari jami 7 ta raketa otdi, ulardan 4 tasi Pyanj daryosiga tegdi, yana 3 tasi yaqin atrofdagi o‘rmon kamariga tushib ketdi”, dedi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma Tahor provinsiyasidan amalga oshirilgan.

Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ob’ektlar Tojikiston davlat chegarasi yaqinida joylashgan bo‘lib, yuqoridagi o‘qlar tasodifan mamlakat hududiga kelib tushgan.

Vazirlik xabarida aytilishicha, qurbonlar va moddiy zararlar qayd etilmagan.

“Hozirda “Tolibon” harakatining tegishli tuzilmalari Tahor viloyatining Xo‘jag‘or tumanida terrorchi guruhlarni aniqlash va zararsizlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari bo‘linmalari to‘liq jangovar shay holatga keltirilgani haqida xabar berdi.

Tojikiston-Afg‘oniston davlat chegarasidagi vaziyat barqaror deb baholanib, tojik chegarachilari nazorati ostida, deya xabar beradi vazirlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!