Tojikiston Baydenning so‘zlari sabab AQShga norozilik notasini yubordi

Tojikiston Baydenning so‘zlari sabab AQShga norozilik notasini yubordi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) AQSh elchisi Jon Mark Pommersxaymga norozilik notasini topshirdi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik AQSh prezidenti Jo Baydenning Pensilvaniyadagi o‘t o‘chirish punktiga tashrifi chog‘ida yangragan so‘zlaridan norozi ekanligini ta’kidladi.

Vazirlik bunday bayonotlar do‘stlik va sheriklik ruhiga mos kelmasligini qayd etdi.

Avvalroq, Jo Bayden o‘z bayonotida Tojikiston aholisining mamlakatdan ketish ehtimolini baholagandi. U agar Tojikiston aholisiga ham AQShga ketish imkoni berilsa, aholi Afg‘onistondagi kabi shassiga osilgan holda mamlakatdan chiqib ketishga harakat qilishini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!