Tishlaringizni asramoqchimisiz, gazli ichimliklardan uzoq bo‘ling!

Tishlaringizni asramoqchimisiz, gazli ichimliklardan uzoq bo‘ling!

Londondagi Qirollik kolleji olimlari gazli ichimliklarni ko‘p ichuvchi ortiqcha vaznli odamning tishlari yemirilishga moyil bo‘lib qolishini isbotladi. Ular o‘tkazgan tadqiqot natijalari “Clinical Oral Investigations” jurnalida chop etilgan.

Gap shundaki, qator sabablarga ko‘ra, ortiqcha vaznga ega odamlar og‘iz bo‘shlig‘ida kislotalik darajasi yuqori bo‘ladi. Doimiy ravishda gazli suyuqliklar ichish bu muhitni yanada oshirib yuboradi va natijada tish emali mo‘rtlashadi.

Shuningdek, mutaxassislarning uzoq vaqt mobaynidagi kuzatishlari tishlarning issiq va sovuqqa sezgir bo‘lib qolishini ham tasdiqlagan.

Olimlarning ta’kidlashicha, Yevropa aholisining 30 foizi emalning yupqalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan erta tish kiyshashidan aziyat chekmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!