Tintuv, ushlab turish va tergov videoga olinishi zarur — prezident

Tintuv, ushlab turish va tergov videoga olinishi zarur — prezident

 O‘zbekistonda tintuv va tergov, ushlab turish jarayonlari videotasvirga olinishi majburiy bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Konstitusiya kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida aytgan 

"O‘tgan yillarda tintuv jarayonini, olingan ko‘rsatmalarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti kabi prosessual harakatlarni videotasvir orqali qayd etish shartligi qonuniy asosda belgilangan edi", degan prezident.

Davlat rahbarining aytishicha, shaxsni ushlab turish, unga prosessual huquqlarini tushuntirish kabi jarayonlar, agar u himoyachidan voz kechsa, bu holatni ham majburiy tarzda videotasvirga tushirish tartibi o‘rnatiladi.

Ushlangan shaxs maxsus binoga olib kelinganidan keyin bu haqda uning oila a’zolari darhol xabardor qilinishi kerak. Prezident buni surishtiruvchi, tergovchi va boshqa vakolatli shaxsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qo‘yishni taklif etgan.

"Bundan tashqari, shaxsni ushlab turish va uning huquqini cheklaydigan boshqa prosessual majburlov choralarini qo‘llash holatlarini hisobga olishning elektron tizimiga o‘tish zarur. Bu jarayonda inson omili ishtirokini iloji boricha kamaytirish lozim", degan Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!