— Tog‘amning o‘g‘li kreditga yangi mashina olish uchun mendan 2 ming AQSh dollari olib, pasportining orqa tarafiga «Falonchidan falon sanada falon AQSh dollarini qarzga oldim. Falon muddatda qaytaraman», degan mazmunda tilxat yozib bergan. Shunga ham 3 oy bo‘lyapti. «Qarzingni qachon qaytarasan?» desam, avvaliga «Ertaga beraman, indinga pul tushadi», deyotgandi. Endi esa qochib yuribdi. Qo‘limda pasporti va uning orqa varag‘iga yozilgan tilxat bor. Bu yozuvning qandaydir huquqiy kuchi bormi?
Shuhrat, Toshkent shahri
Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi Faxriddin BAXRONOV javob beradi:
— Albatta, tog‘angizning o‘g‘li tomonidan yozilgan va uning qarz olganligini tasdiqlovchi tilxat yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradi. Chunki, tilxat oddiy yozma shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksining 733-moddasiga ko‘ra, fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Ya’ni, ushbu holatda siz va tog‘angizning o‘g‘li o‘rtasida qarz shartnomasi tuzilgan.
Fuqarolik kodeksi 109-moddasiga ko‘ra, bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar.
Demak, siz ushbu tilxatni asos qilib sudda qarzni undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishingiz mumkin. Bundan tashqari, tilxatning mavjudligi, sizga sudda uning mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqini beradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.
"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.
Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.
“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.
Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.