"Til ham yangilanish hamda rivojlanishga ehtiyoj sezadi!"

A A A
"Til ham yangilanish hamda rivojlanishga ehtiyoj sezadi!"

Millat ruhiyatining yorqin timsoli va davlatchilikning eng muhim ramzlaridan biri  tildir. Til – jamiyat tarixi va taraqqiyotini ko‘satuvchi, insoniy aloqa-munosabatlarni ta’minlovchi asosiy vosita. Shu boisdan ham, oxirgi paytlarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash borasida bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilinib, muhim islohotlar olib borilmoqda.

Xususan, aprel oyida qabul qilingan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat tilida ish yuritishni ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi, o‘tgan yaqin kunlarda Ichki ishlar vazirligi tashabbusligida normativ-huquqiy hujjatlar muhokamalari portaliga joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi  Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqe-martabasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan jiddiy izlanish va o‘zgarishlarning yaqqol namunasidir. 

Binobarin, til – millat, jamiyat mulki.  Shuning uchun u hamisha e’zoz va e’tiborga, yangilanish va rivojlanishga ehtiyoj sezadi. Qaysi tizim bo‘lmasin, shu sohaning barcha xodimlari, umuman olganda, mamlakatning har bir fuqarosi davlat tili me’yorlariga rioya etishga teng haqli va javobgar. Til umummiqyos ahamiyatga ega ekan, uning rivojlanishi ham yoki, aksincha, yo‘qolib ketishi ham, avvalo, shu tilda so‘zlovchi xalq qo‘lida.  Shuning uchun ham millatparvar, tilshunoslar hamisha milliy tili taqdiriga qayg‘urib, uni saqlab qolish uchun jiddiy izlanish olib borishgan, taklif-tavsiyalarni ilgari surib kelishgan. Ayniqsa, jadid ma’rifatparvarlari bu borada yanada zalvorli islohotlarga qo‘l urishgan. O‘zbek tilida yangi usuldagi maktablar ochib, o‘zbek tili grammatikasi, adabiy me’yorlarini, lug‘at boyligi, amaliy ahamiyatini takomillashtirishga urinishgan. Bu borada Abdurauf Fitratning xizmatlarini alohida e’tirof etmoq joiz. Fitrat o‘z ilmiy-ijodiy faoliyati davomida o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, leksik-grammatik xususiyatlari, ma’no tovlanishlari, lug‘at tarkibi xususida jiddiy tadqiqotlar olib boradi, turkiy til ustuvorligini nazariy-amaliy asoslashga harakat qiladi. Mutafakkir o‘zbek tili to‘g‘risidagi izlanish-kechinmalariga shunday xulosa qiladi: “Dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha. Shoirlik qilmoqchi emasman, so‘zning to‘g‘risi shudir. Dunyoning eng boy tili turkchadir, eng baxtsiz tili ham xud turkchadir... Turkcha baxtsizdir. Ming yildan beri ezila kelmishdir, lekin bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir – yashar. Negakim, boydir... ”

Darhaqiqat, o‘zbek tili dunyodagi eng boy va qadimiy tillardan biridir. Rivojlanishning turli bosqichlarini mardonavor bosib o‘tayotgan o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyat, millat, zamon bilan hamnafas yangilanib, o‘zgarib kelmoqda. Alisher Navoiyning mislsiz sa’y-harakatlari natijasi o‘laroq asosiy muloqot vositasi, ijod tiliga aylangan turkiy til XX asr boshlarida ayanchli ahvolga kelib qolgani bois jadid ma’rifatparvarlari tomonidan himoyaga olindi. Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lponlarning millat tilini saqlab qolish va rivojlantirish borasida olib borgan tashabbus va tadqiqotlari, tashviqot va targ‘ibotlari natijasi sifatida bugun o‘zbek tili o‘zining milliy maqomini to‘la saqlagan holda huquqiy mustahkamlanib, ilmiy-amaliy jihatdan takomillashib bormoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
21 oktyabrida qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850- sonli farmoni asosida mamlakatimizda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish bo‘yicha tizimli va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida ham ushbu yo‘nalishda samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ijro apparati va tizim korxonalarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 1 aprelidan boshlab bosqichma-bosqich barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, yig‘ilish bayonlari, o‘zaro yozishuvlar, tizim binolarida o‘rnatilgan tashqi yozuvlar, peshlavha, reklama va e’lonlar, ko‘rgazmali va boshqa axborot matnlari davlat tilida yozilishini ta’minlash va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qat’iy tartiblar joriy etildi. Ushbu ishlarni samarali tashkil etish va yuqori natijadorlikka erishish uchun “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi 27 ta ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarning zaruriy bilim va tajribaga ega bo‘lgan xodimlari davlat tilida ish yuritishni ta’minlash bo‘yicha mas’ul etib tayinlandi.

Shu o‘rinda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tizimida sohaga tegishli ko‘pgina manbalar chet tilida bo‘lgani bois hujjat yuritish ishlarining ma’lum qismi rus tilida olib borilganligini ham ta’kidlab o‘tmoq joiz. Ammo hozirgi kunda elektr-energetika sohasida 30 yil davomida deyarli rus tilida foydalanib kelingan mazkur manba va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning, sohaga tegishli 177 ta atamaning o‘zbekona muqobillari, o‘zbek tilidagi tarjimalarini shakllantirish va tizimda davlat tilida ish yuritishni ta’minlash bo‘yicha ham jadal ishlar yo‘lga qo‘yildi.  Shu bilan bir qatorda, Jamiyatning markaziy va  quyi tuzilmalari xodimlari, shuningdek,  boshqa tillarda so‘zlashuvchi xodimlar uchun Jamiyat huzurida faoliyat yuritayotgan “O‘quvenergiyaqurilish” nodavlat ta’lim muassasasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan kelishilgan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, xodimlarga davlat tili va alifbosini mukammal o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tizimda o‘zbek tili targ‘ibotini kuchaytirish yuzasidan zaruriy istiqbolli rejalar belgilandi.

Bu kabi amaliy faoliyatlar mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish, korxona va tashkilotlarda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida ko‘lamli islohotlar olib borilayotganini ko‘rsatadi. O‘ylaymizki, milliy til ravnaqi yo‘lidagi bunday o‘zgarish va yangilanishlar har bir fuqaroning mas’ulligi, ijtimoiy faollik va daxldorligini oshiradi hamda o‘zbek tilining amaliy targ‘iboti, keng qo‘llanilishi va yanada yuksalishi uchun zamin yaratadi.  

 

 

SURAYYo PO‘LATOVA,

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati raisining

ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan keskin ogohlantirish: «AQSh o‘zining agressiv itni to‘xtata olmasa…»

Бу ҳақда Tasnim агентлиги манбага таяниб хабар берди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi — mintaqada keskinlik yanada kuchaymoqda

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар берди.

Amerikaning GBU-39 SDB bombasi Eron harbiylari qo‘liga tushdi

Tasnim агентлиги хабарига кўра, Эроннинг Лористон вилоятида Американинг портламай қолган GBU-39 SDB бомбаси шикастланмаган ҳолда мамлакат қуролли кучлари ихтиёрига ўтган.

AQSh va Eron o‘rtasidagi sulh fonida Saudiya Arabistonidagi asosiy neft quvuriga hujum qilindi — Financial Times

"Зарба Ҳўрмуз бўғозини айланиб ўтувчи асосий нефт экспорти йўналишига айланган “Шарқ-Ғарб” қувуридаги насос станциясига берилди", дея хабар бермоқда нашр.

Eron hukumati sulhdan bosh tortadi, agar...

Эрон ҳукумати агар Исроил армияси Ливандаги нишонларга ҳужум қилишда давом этса, Қўшма Штатлар ва Исроил билан икки ҳафталик сулҳга содиқ қолиш мажбуриятини бажаришдан бош тортади.

Ekologik ta’lim bog‘chalardan boshlanmoqda

Наманганда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси, Республика “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши, вилоят Экология ва иқлим ўзгариши бош бошқармаси ҳамда вилоят “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши томонидан “Жажжи экологлар” лойиҳасига старт берилди.

Hindiston chegarani qo‘riqlashda timsoh va zaharli ilonlardan foydalanmoqchi

Ҳиндистон расмийлари ноқонуний мигрантлар оқимини тўхтатиш учун Бангладеш билан чегаранинг бориш қийин бўлган қисмларини ҳимоя қилиш учун «биологик тўсиқ»дан фойдаланишни кўриб чиқмоқда.

Xitoy vositachiligida Afg‘oniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi

Хитой минтақада тинчлик ва барқарорликни таъминлаш учун мулоқот платформасини қўллаб-қувватлашини билдирди.

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Шунингдек, болалардан 6 нафари 2 ойдан 8 ойгача умумтаълим мактабидаги дарсларга бормаган, аксинча, мажбуран уйда сақланиб, ҳатто уларга кўчага чиқишга ҳам рухсат берилмаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.