The Guardian: Global IT nosozliklarini tiklash bir necha hafta davom etishi mumkin

The Guardian: Global IT nosozliklarini tiklash bir necha hafta davom etishi mumkin

Windows tizimlarining global uzilishidan to‘liq tiklanish uchun bir necha hafta kerak bo‘lishi mumkin.

Bu haqda The Guardian ekspertlarga tayanib yozadi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatsizlik «yagona tizim ishlamay qolgan favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rishga ko‘plab tashkilotlar yaxshi tayyorlanmagani haqidagi xavotirlarni ta’kidladi».

Mutaxassislar, shuningdek, bunday nosozliklar tegishli himoya va takomillashtirilgan zaxiralar yaratilmaguncha takrorlanishi mumkinligini ta’kidladi.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti IT nosozlik xakerlik hujumi bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!