Tezkor! Koronavirusning qayerdan kelib chiqqani aniqlandi

Tezkor! Koronavirusning qayerdan kelib chiqqani aniqlandi

Xitoylik ikki nafar biolog olimlar Botao Syao va Ley Syao koronavirus haqiqatda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joyni aniqlashdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, virus dengiz mahsulotlari bozorida emas, balkim bozor yaqinida joylashgan ilmiy laboratoriyadan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Oldin OAVlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus birinchi yuqish holati Uxan bozorida ko‘rshapalakdan odamga o‘tgan deb taxmin qilingan edi. Lekin biologlar Botao Syao va Ley Syao aniqlashiga ko‘ra, ushbu bozorda ko‘rshapalaklar umuman sotilmagan. Shuningdek Uxanda ushbu jonzotlarni ovqatga ishlatish an’anasi ham yo‘q. Demak bu yerda odamlar ko‘rshapalakdan kasallik yuqtirish ehtimoli juda kam.

Lekin ushbu bozordan 280 metr narida Uxan yuqumli kasalliklar ilmiy laboratoriyasi bor. Ushbu laboratoriyada jumladan ko‘rshapalaklar bilan ham turli tajribalar o‘tkazilgan. Biologlar xabariga ko‘ra, ushbu laboratoriyada tajriba ostida bo‘lgan zararlangan ko‘rshapalaklardan biri ilmiy xodimni tishlab olgan va yana biri ilmiy xodimning ustiga uning suyuqligi tekkan. Ushbu ilmiy xodimlar virus xavfini tushungan hold 14 kun o‘zlarini o‘zi izolyasiya qilgan.

Shuningdek biologlar aytishiga qaraganda, Uxandagi bozordan 12 km masofada Uxan virusologiya institutiga tegishli bo‘lgan yan bir laboratoriya. U yerda 2002-2003 yillarda epidemiyaga aylangan atipik pnevmoniya virusi SARS-CoV bilan tajribalar o‘tkazilgan va ushbu virusning yangi turini yetishtirishgan. Biologlar aytishiga ko‘ra ushbu yangi virus ehtiyotsizlik oqibatida laboratoriyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin.

Olimlar aytishiga qaraganda, ularning ushbu aniqlashlari albatta yanada chuquroq tekshiruv talab qiladi, lekin bir narsa aniq-ki, ushbu laboratoriyalar odam gavjum shahardan uzoqroqqa ko‘chirilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!