Tez tibbiy va shoshilinch yordam tizimini takomillashtirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqildi

Tez tibbiy va shoshilinch yordam tizimini takomillashtirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqildi

Tizimdagi eng katta muammo – shoshilinch yordam bemor uchun eng yaqin tibbiyot muassasasida emas, balki faqatgina oldindan biriktirilgan sanoqli shifoxonalarda ko‘rsatilishi qayd etildi.

Misol uchun, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Qorasuv-1” mavzesida “o‘tkir bosh-miya jarohati” olgan bemorni, tez yordam brigadasi yo‘lidagi eng yaqin shifoxona – Respublika neyroxirurgiya markaziga emas, balki Chilonzordagi Respublika shoshilinch markaziga olib borishga majbur.

Shu kabi, Farg‘ona tumani Mindonobod qishlog‘ida viloyat Kardiologiya markazi bo‘lsada, ushbu qishloqdagi yurak xurujiga uchragan bemorni tez yordam 15 kilometr yo‘l bosib, Vodilda joylashgan tuman shifoxonasiga olib boradi.

Shu bois, tez tibbiy va shoshilinch yordam tizimini takomillashtirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqildi va barcha hokimlarga yetkazildi.

Lekin, aksariyat viloyat, tuman va shahar hokimlari bu masalaning mazmun-mohiyatini hali to‘liq tushunib yetgani yo‘q, ayrimlari esa tushunishni xohlamayapti, dedi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!