Tez orada Eronda Mir to‘lov tizimi ishga tushishi mumkin

Tez orada Eronda Mir to‘lov tizimi ishga tushishi mumkin

Bu haqda agentligimizga bergan intervyusida Eron turizm, madaniy meros va hunarmandchilik vaziri o‘rinbosari Ali Asg‘ar Shalbofiyan ma’lum qildi.

«Rossiya va Eron markaziy banklari allaqachon bu loyiha ustida ishlamoqda. Tez orada natija bo‘ladi degan umiddamiz», — dedi u.

Rossiya Federasiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘tgan yilning may oyida Rossiya va Eron milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasiga o‘tishga kelishib olganini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatlar «Mir» va «Shetab» to‘lov tizimlarini ulash, shuningdek, moliyaviy xabarlarni uzatish bo‘yicha milliy tizimlarning ishlashini muhokama qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!