"Tesla"ning yangi modeli sinovdan o‘ta olmadi

A A A
"Tesla"ning yangi modeli sinovdan o‘ta olmadi

Test-drayv chog‘ida avtoboshqaruv tizimiga o‘tkazilgan Tesla avtomobili ketma-ket uch marta bolaning manekasiga urilgani aytildi.

Soatiga 40 kilometr tezlikda harakatlanayotgan avtomobil Kaliforniyadagi xalqaro avtomagistralning konus shaklidagi qismidan o‘tgan, biroq jarayon oxirida sinovchilar mashina qarshisiga bolalar qo‘g‘irchog‘ini o‘rnatishgan. Avtomobil esa uch urinishda ham to‘xtamagan va maketni urib ketgan.

Shundan so‘ng “The Dawn Project” asoschisi muammo bartaraf etilmaguncha mashinadan oddiy yo‘llarda foydalanish mumkin emasligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!