Terroristik materiallarni internetda tarqatgan erkak qamaldi

Terroristik materiallarni internetda tarqatgan erkak qamaldi

Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi va DXX shahar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi erkak ushlandi.

Aniqlanishicha, 1990 yilda tug‘ilgan T.M. «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Telegram’da kanal ochib, virtual diniy jamoat tashkil etgan. Taqiqlangan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi mazkur kanalga tanishlari — 1990 yilda tug‘ilgan A.D., 1991 yilda tug‘ilgan N.J., 1990 yilda tug‘ilgan N.A., 1982 yilda tug‘ilgan SH.N.ni jalb qilib, kanal obunachilarini yanada ko‘paytirishga harakat qilgan.

T.M. Telegram kanalida terrorchilik tashkilotining aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan fayllarni xamda boshqa respublika hududida taqiqlangan diniy mazmundagi ma’ruzalarni tarqatib, tashkilotga a’zo bo‘lishni da’vat qilib kelgani aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining 2441-moddasiga (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yuqorida nomlari keltirilgan shaxslarning barchasiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!