“Tepada”gi tanishlar orqali yerni kadastr qilib bermoqchi bo‘lgan “uddaburon” ushlandi

“Tepada”gi tanishlar orqali yerni kadastr qilib bermoqchi bo‘lgan “uddaburon” ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.X. Yuqorichirchiq tumani, “Birlik” MFY hududidagi “R.T.” MCHJga qarashli 7,8 gektar yer maydonini fuqaro M.X.ga 144 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida yer maydoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.F. o‘g‘li SH.F.ning Samarqand tumanidagi “Q.M.” fermer xo‘jaligining 15 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan fuqaro X.F.ga har bir gektarini 1 000 AQSh dollaridan hisoblab sotishga kelishib, 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!