Tennis: hamyurtimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda

Tennis: hamyurtimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda

Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha “ITF” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin final bosqichiga chiqdi.

Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi finalga qadar niderlandiyalik Maks Xuksni 6/4, 5/7, 6/1, 1/8, argentinalik Lucho Karnevalleni 6/2, 6/1, 1/4, rossiyalik Denis Klokni 7/5, 6/2, yana bir rossiyalik tennischi Yevgeniy Tyurnevni 6/2, 6/3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Sergey Fomin musobaqaning bosh sovrini uchun finalda qozog‘istonlik Dmitriy Popko bilan raqobatlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!