Temir tulpor komandirining jasorati

A A A
Temir tulpor komandirining jasorati

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan «Tarixning o‘qilmagan sahifalari» rukni ostida navbatdagi o‘zbek qahramoni haqida hikoya qilamiz. Ushbu qahramonimiz Ikkinchi jahon urushida tillarda doston bo‘lgan harbiy texnikalardan biri T-34 tanki va jangovar mashinalarni ta’mirlash rotasi komandiri Xayrutdin Asamutdinovdir.

Xayrutdin Asamutdinov 1924 yil Toshkent shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. Otasi Asamutdin bobo va onasi Marhamat aya milliy do‘ppido‘zlik bilan shug‘ullanishgan. Xayrutdin oilada 10 nafar farzandning ikkinchisi edi. Uning ayni o‘spirinlik yillari Ikkinchi jahon urushining suronli yillariga to‘g‘ri keldi. Chunki qahramonimizning 114-maktabni tamomlagan paytda fashistlar Yevropaning bir qator davlatlariga bosqinchi sifatida urush e’lon qilgandi. Oradan bir yil vaqt o‘tgandan keyin maktabni a’lo baholar bilan tugatgan Xayrutdin Asamutdinov Toshkent aviasiya zavodida chilangar bo‘lib ishladi. Keyinchalik esa o‘z ixtiyori bilan Chirchiq shahriga ko‘chirib keltirilgan 1-Xarkov tankchilar bilim yurtiga o‘qishga kirdi. 1942 yilning oktyabr oyidan 1943 yilning avgust oyiga qadar jangovar mashina boshqarish bo‘yicha tezlashtirilgan muddatda yetarli bilimlarga ega bo‘lib, frontga yuborildi. O‘sha paytlarda o‘zbek tankchi ofiseri kam uchraydigan holat edi va u bu borada birinchilardan bo‘ldi.

Temir tulpor komandirining jasorati

Kichik leytenant Xayrutdin Asamutdinov o‘qishni tugatgandan keyin Ural harbiy okrugidagi 2-chi zahira tankchi polkida T-34 tanki komandiri etib tayinlangan. 1943-1944 yillar Dasht fronti (Stepnoy front keyinchalik 2-Ukriana fronti deb nom berilgan) 110-brigadasi, 1-batalyonida tank komandiri sifatida janglarda qatnashdi. 1943 yil 2-Ukraina frontining 5-gvardiyachi tank armiyasi, 18-tank korpusi, 110-tank brigadasi zahira rotasi ofiserlari tarkibiga qo‘shildi. Bilim yurtida olgan tajribasi tufayli T-34 tanki komandiri sifatida janglarda kirishdi. 1944 yilning yanvar-fevral oylarida Znamensk hamda Kirovgograd shaharlari uchun bo‘lgan janglardagi jasorati uchun «Qizil yulduz» ordeni bilan taqdirlandi. Temir tulpor komandirining jasorati

O‘zbek jangchisining o‘sha janglardagi qahramonligini rota komandiri quyidagicha tasvirlagan va mukofotga tavsiya etgan: «Znamensk hamda Kirovgograd shaharlarini nemis bosqinchilaridan ozod qilish janglarida kichik leytenant Asamutdinov jasorat va mardlik na’munalarini ko‘rsatdi. U o‘zining T – 34 tanki ta’mirlanayotgan paytda jangda shikastlangan boshqa 15 ta tank va 32 ta g‘ildirakli artilleriya qurollarini tirgakli texnika yordamida dushman hujumidan bexatar hududga olib o‘tishda misli ko‘rilmagan jasorat namoyish qildi. Shuningdek, u har safar jang maydoniga qaytishda quroldosh do‘stlariga zarur qurol-aslahalarni yetkazib, brigadaning jangovar topshiriqlarni a’lo darajada bajarishida munosib hissasini qo‘shdi. Xayrutddin Asamutdinov ko‘rsatgan jasorat va mardlik na’munalari «Qizil yulduz» ordeni bilan mukofotlanishga loyiq. Texnik ta’minlash rotasi komandiri katta leytenant Griga. 12 fevral, 1944 yil».

Dushmanga qarshi misli ko‘rilmagan og‘ir janglarda toblangan Xayrutdin Asamutdinovga 1944 yilning 6 sentyabrida leytenant unvoni berildi. Komandirlarining ishonchidan ruhlangan jasur o‘zbek o‘g‘loni oradan bir hafta o‘tib, navbatdagi qahramonligi bilan 110-tank brigadasiga na’muna bo‘ldi. Asamutdinovning tamirlash vzvodi 19 avgustdan 12 sentyabrga 34-batalyon tanklarining 2250-2950 kilometr masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tishini ta’minladi va buning natijasida Ruminiyaning Alba-Yuliya shahri ozod etildi. Brigadaning mazkur yurishida leytenant Xayrutdin Asamutdinov vzvodi tomonidan 44 tankning jangovar shayligi ta’minlandi. U tomonidan ko‘rsatilgan mardlik va jasorat bu safar «II-chi darajali Vatan urushi» ordeniga loyiq topildi.

Ukraina, Ruminiya, Vengriya, Yugoslaviya, Avstriya, Germaniya va Chexoslovakiyani fashist bosqinchilaridan ozod etishda munosib hissasini qo‘shdi. Ushbu shaharlarni ozod qilishdagi qahramonliklari evaziga «Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun», «Budapeshtni ozod qilganligi uchun», «Venani ozod qilganligi uchun», «Jangovar xizmatlari uchun» medallari bilan taqdirlandi. Shuningdek, Pyatixatki, Znamenka, Kirovograd, Korsun, Uman, Yassi, Xushi, Ploeshti, Buxarest, Bichke, Sekeshfexervar, Budapesht, Mor, Zirez, Vesprem, Zalagerseg, Kestel, Varshar, Kermend, Sentgottard, Vena, Trayzen, Sankt-Pelten kabi shaharlar uchun bo‘lgan janglarda Oliy qo‘mondonlikning yigirmaga yaqin tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

2-Ukraina fronti tarkibida harakat qilgan 5-gvardiyachi tank armiyasi, 18-tank korpusi, 110-tank brigadasi marshal Ivan Konev qo‘mondonligida Kursk ostonasidagi mashhur Proxorovka tanklar to‘qnashuvi, Korsun-Shevchenko operasiyasi hamda Dnepr daryosini kechib o‘tishda juda muhim g‘alabalarga erishdi. Fashistlarning bir necha armiyalardan tashkil topgan «Janub» guruhi aynan mana shu ikki shahar uchun bo‘lgan janglarda butunlay tor-mor etildi. O‘zbek ofiseri Xayrutdin Asamutdinov o‘z ta’mirlash bo‘linmasi bilan tanklarni tezkorlik bilan jangavor shay holatiga keltirish hamda qo‘shinning muvaffaqiyatini ta’minlashda yengilmas jasorat va matonat na’munalari ko‘rsatdi.

Dushmanga qarshi ayovsiz janglarda leytenant Asamutdinov g‘alabaga bo‘lgan ishonchi va mardligi bilan o‘zbek jangchisiga xos bo‘lgan irodani namoyish qildi. U frontdan yaqinlariga yuborgan xat va fotosuratlar ortiga bitilgan dil so‘zlar orqali fashist bosqinchilari ustidan albatta g‘alaba qozonamiz deya qayta-qayta ta’kidlardi. Ayniqsa, ukasi Zayniddinga jangavor topshiriqlardan keyin tushgan rasmlarini jo‘natib turishni kanda qilmadi. Ayovsiz janglar bilan g‘alabani Berlinda kutib olgan o‘zbek tankchisi urushdan keyin ham hirbiy xizmatni davom ettirib, 1947 yil yil jonajon O‘zbekistonga qaytib keldi.

Bir necha muddat Frunze (hozirgi Yakkasaroy) tumani yoshlar tashkilotida ikkinchi kotib bo‘lib ishlagan qahramonimz keyinchalik xavfsizlik xizmati maktabi va O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)da tahsil oldi. Frontda orttirgan tajribasi, tezkor va o‘z vazifasiga sidqidildan yondashishi tufayli davlat xavfsizlik qo‘mitasida turli rahbarlik lavozimlarida ishladi. O‘zbekiston fuqaro aviasiyasi kontrazvedkaviy ta’minlash bo‘limi tezkor xodimi, DXQ Farg‘ona, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari boshqarmalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi. Xavfsizlik xizmati sohasida o‘ttiz yildan ortiq samarali mehnat qilgan polkovnik Xayrutdin Asamutdinov «I-chi va II-chi darajali benuqson xizmatlari uchun» va boshqa bir qator medallar bilan mukofotlandi.

Urush yillarida NKVD xodimi sifatida front ortida samarali mehnat qilgan serjant Mavjuda Tojirova bilan turmush qurgan Xayrutdin Asamutdinov ikki o‘g‘lini ham xuddi o‘zi kabi oliy ma’lumotli huquq-targ‘ibot xodimi qilib tarbiyaladi. Katta farzandi Alisher Asamutdinov turli davlat tashkilotlarida yurtimizga munosib xizmat qilgan bo‘lsa, kichik o‘g‘li Muhitdin Asamutdinov otasi izidan borib, davlat xavfsizlik qo‘mitasi xodimi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Nevarsi Aziz Asamutdinov ham oilaviy an’anani davom ettirgan holda harbiy sohada el-yurt osoyishtaligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Mamlakatimiz xavfsizlik xizmatida Asamutdinovlar sulolasida o‘ziga xos maktabni yaratgan Ikkinchi jahon urushi qahramonining hayot yo‘li bugungi avlod vakillarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib o‘rin tutadi.

Asror RO‘ZIBOYEV,

“Vatanparvar” gazetasi muxbiri


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Maydagi "el-klasiko"ning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Испания Ла Лигаси 35-тури доирасида "Барселона" "Реал"ни ўз майдонида қабул қилади.

Abduqodir Husanov dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilar reytingiga kiritildi

Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Ukrainaning yangi «syurprizi» haqida

Украина фронтда Россия армияси учун технологик «сюрприз» тайёрламоқда, муваффақиятли музокаралар эса фақатгина Украина Қуролли Кучларининг кучли позицияси шароитидагина мумкин бўлади.

«Manchester Siti»ga yangi yulduz keladi

«Челси» ярим ҳимоячиси Энцо Фернандес АПЛнинг бир клубини бошқасига алмаштириши мумкин.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Tehron Oq uyning rejalari chippakka chiqqanini ma’lum qildi

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Эсмоил Бағаи SNNTV эфирида маълум қилди.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.

Isroil: Eron rahbariyatiga qarshi harakatlar uchun tayyorgarlik bor

Исроилнинг Исроил Кац баёнотига кўра, агар АҚШ томонидан рухсат берилса, Исроил Эрон раҳбариятига қарши кескин чоралар кўришга тайёр.

Fransiya va Polsha harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Франция ва Польша Болтиқ денгизи ҳудудида қўшма ҳарбий машқлар ўтказиш имкониятини муҳокама қилмоқда.

Buxoroda 18 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini $4 mingga sotmoqchi bo‘ldi

Хабарга кўра, 2008 йилда туғилган, Бухоро туманида яшовчи фуқаро ҳали уч кунлик бўлмаган қиз фарзандини ғаразли мақсадда сотишга уринган.

Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни Оролни қутқариш халқаро жамғармаси (ОҚХЖ) таъсисчи давлатлари раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.

RES 2026: bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan mintaqaviy deklarasiya imzolandi

Остона шаҳрида ўтказилаётган Минтақавий экологик саммит доирасида биоxилма-хилликни асраш соҳасида ҳамжиҳатлик ва қўшма ҳаракатларни кучайтиришга қаратилган Марказий Осиё ташаббусини ишга туширишга бағишланган “Минтақавий барқарорлик учун табиат билан уйғунлик” мавзусидаги юқори даражадаги сессия бўлиб ўтди. Ушбу тадбир минтақа давлатларининг табиатни муҳофаза қилиш идоралари, халқаро ташкилотлар ва ҳамкорларни бирлаштириб, Марказий Осиёнинг ноёб табиий меросини асраш бўйича келишилган ёндашувларни ишлаб чиқиш учун муҳим платформага айланди.

Telegram messenjeri orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etish metodikasi

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlangan davrda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan narkotrafikning zamonaviy usullari va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — kiberfazoda anonimlikni saqlashga urinayotgan jinoiy guruhlarni aniqlashda qo‘llaniladigan raqamli kriminalistika (Digital Forensics) va ochiq manbalardan razvedka qilish (OSINT) metodlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada "zakladka" tizimi, kriptovalyuta orqali hisob-kitoblar va sun’iy intellekt yordamida shubhali botlarni filtrlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan.

Ostona sammiti: Shavkat Mirziyoyev qanday takliflarni ilgari surdi?

Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.

Lolaqizg‘aldoqni "peshonasidan o‘paman" deb payxon qilgan "qo‘shiqchi" opa jarimaga tortildi

Шунингдек, лолаларга шикаст етказган бошқа ҳуқуқбузарларга ҳам қатъий чоралар кўрилмоқда

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга амалий ташрифи дастури доирасида 22 апрель куни Марказий Осиё мамлакатлари, Мўғулистон, Озарбайжон, Грузия ва Арманистон делегациялари раҳбарлари билан биргаликда Остона шаҳридаги “EXPO” халқаро кўргазмалар марказида ташкил этилган Минтақавий экологик саммит кўргазмасидаги миллий павильонларни бориб кўрди.

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

Исроил ташқи разведка хизмати — Моссад раҳбари Давид Барнеа Эронга қарши операциялар давомида хизмат ходимларидан бири Исроилдан ташқарида ҳалок бўлганини маълум қилди.

Sudan urushi: ayollar va qizlar uchun dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqiroz

БМТ маълумотларига кўра, 17 миллиондан ортиқ аёл ва қиз ҳозирда гуманитар ёрдамга муҳтож.

Tramp: Isroil meni Eron bilan urushga undamagan

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил уни Эронга қарши уруш бошлашга ҳеч қачон ундамаганини билдирди.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 72 mingdan oshdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги маълумотларни эълон қилди.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.