«Temir daftar» — o‘zi nima u? Unga kimlar kiritiladi?

«Temir daftar» — o‘zi nima u? Unga kimlar kiritiladi?

«Temir daftar» — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro‘yxati;

«Temir daftar» o‘z navbatida fuqarolar yig‘inlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlaydi;

«Temir daftar»ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:

— kam ta’minlangan;

— nogironligi bo‘lgan;

— ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;

— yakka-yolg‘iz keksalar;

— doimiy ishsiz fuqarolar;

— karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;

— og‘ir epidemiologik hududlardan qayrib kelingan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Mas’ul xodimlar o‘zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan «Temir daftar»idagi ma’lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi.

«Temir daftar»ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini joriy yilda ish bilan ta’minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!