Telegramda ham moliyaviy piramida paydo bo‘ldi

Telegramda ham moliyaviy piramida paydo bo‘ldi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 31 yoshli K.M. telegram messenjerida "Hadya berib, hadya oling" nomli guruhga a’zo bo‘lib, guruhdagi "pullarni 2 barobar ko‘paytirib beramiz" mazmunidagi xabarlarga ishongan holda 28 mln so‘m pullarni noma’lum shaxs plastik kartasiga o‘tkazib berganini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashovchi 29 yoshli X.D. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Jinoyat sodir etgan X.D. O‘zbekiston Respublikasi JKning 188 prim 1-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, X.D. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!