Tayvan qirg‘og‘ida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan qirg‘og‘ida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanning sharqiy qismida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yaponiyaning milliy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.

AQSh Geologiya qidiruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Yujing hududidan 85 kilometr sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda.

Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi Miyakodzima, Isigaki va Yonaguni orollarida sunami xavfi e’lon qilingan

Hozircha qurbonlar va vayrongarchiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!