Tayland 1 iyuldan sayyohlar uchun ochiq

Tayland 1 iyuldan sayyohlar uchun ochiq

Tayland 1 iyuldan boshlab koronavirusga qarshi emlangan sayyohlar uchun Pxuket orolini ochishga qaror qildi.

«Vaksinasiya qilingan chet elliklar orolda karantinsiz dam olishlari mumkin»,- deya qayd etdi Tayland gazetasi yuqumli kasalliklar qo‘mitasiga tayanib.

Taylandning boshqa sayyohlik mintaqalari 1 oktyabrdan ochilishi rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, Taylandga kirishda sayyohlar emlash to‘g‘risidagi guvohnoma, COVID pasporti yoki IATA Travel Passni taqdim etishlari shart.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Kipr 1 apreldan boshlab Rossiyadan kelgan barcha sayyohlar uchun o‘z chegaralarini ochishi haqida xabar berilgan edi. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!