Tayinlovlar amalga oshirildi

Tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan:

⁃ Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich – Andijon davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Yo‘ldoshev Akramjon Sultonmurodovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

B.Akbaraliyev tayinlovga qadar Fiskal institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.

⁃ Bahodirov Azizbek Abdulazizovich – Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikasiyalar institutining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

A.Bahodirov tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining Innovasion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori lavozimida ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!