O‘zbekiston suvereniteti va mustaqilligini saqlash hamda mustahkamlash Prezident Islom Karimovning hamisha yuksak maslagi sanalgan va siyosatining asosiy tamoyiliga aylangan , dedi Tatyana Karimova O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi xotirasiga bag‘ishlangan anjumandagi so‘zida.
O‘zbekistonning yangi tarixi, jumladan, mamlakatning mustaqillikka erishishi Islom Karimovning hayoti, faoliyati hamda merosi bilan chambarchas bog‘liqdir. Uning yuksak davlatchilik tafakkuri, kelajak qadamlarni oldindan xisoblab chiqish salohiyati O‘zbekistonda ham, xorijda ham munosib e’tirof etilgan , deb qayd etdi Birinchi Prezidentning rafiqasi.
Islom Karimov juda murakkab va o‘ta ziddiyatli davrda davlat tepasiga keldi. O‘sha vaqtda respublika fuqarolar urushi, millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi to‘qnashuv yoqasida turgan edi. Ta’bir joiz bo‘lsa, o‘lka alanga ichida qolgan, ayrim joylarda qon ham to‘kilgan edi. O‘zbekiston uchun mamlakatni yuzaga kelgan boshboshdoqlikdan olib chiqib keta oladigan yetakchi juda ham zarur edi. Ana shu pallada Islom Karimov zalvorli mas’uliyatni jasorat ila o‘z zimmasiga oldi , deya fikrlarini davom ettirdi Tatyana Karimova.
Karimov rahbarligida milliy g‘urur va xalqning qadr-qimmati, uning boy tarixi, madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlari tiklandi. Prezident Karimov ko‘p bora ta’kidlaganidek, yagona maqsad va g‘oyaga ega bo‘lmagan jamiyat halokatga mahkumdir, u ham ichki, ham tashqi dushmanlar qo‘lida o‘yinchoqqa aylanadi. Milliy istiqlol mafkurasi esa insonlarni mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash kabi ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtiradi , deb ta’kidladi Tatyana Karimova.
Karimov ma’rifiy o‘qishlari: Islom Karimov mustaqil davlat asoschisi deb nomlangan respublika ilmiy anjumani Birinchi Prezident nomidagi yodgorlik majmuasi va Karimov Fondi tomonidan, Samarqand viloyat hokimligi hamda Samarqand davlat universiteti ko‘magida tashkil etildi. Anjumanda tarixchi, siyosatshunos, jurnalist hamda ilmiy doira vakillari jam bo‘ldi.
Ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini takomillashtirish, jamiyatni modernizasiyalash, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, tarixiy-me’moriy merosni asrab-avaylash hamda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosini o‘rganishda Islom Karimovning o‘rni kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Anjumanda Karimov ma’rifiy o‘qishlari bundan buyon an’ana tarzda har yili bahorda Islom Karimovning kindik qoni to‘kilgan shahar Samarqandda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов тўп тепаётган "Манчестер Сити" бугун, 17 декабрь куни Англия Лига кубоги чорак финали доирасида ўз майдонида "Брентфорд"ни қабул қилади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.