Tatariston prezidenti noyabr oxirida O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tatariston prezidenti noyabr oxirida O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Noyabr oyining oxirida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi REGNUM AA.

Tashrif doirasida O‘zbekiston bosh vaziri bilan hamda vazirliklar va muassasalar orasida muzokarlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Tatariston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari orasida biznes-forum tashkil qilish, uning natijalariga ko‘ra O‘zbekiston va Tatariston hududlari orasida hamkorlik shartnomalari imzolash rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va Tatariston hamkorligini asoslovchi bir necha hujjatlar bor. Toshkentda 1992 yildan buyon Tatariston vakolatxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘tgan yil davomida Tatariston va O‘zbekiston orasida tovar ayirboshlash 57%ga oshib 146 mln AQSh dollarini tashkil qildi. Tataristonning yetakchi korxonalari "KamAZ», "TAIF", "KMPO", "Pozis" shuningdek, PAO "Tatneft" korxonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!