"Tashkent Indeks"dan talabalar uchun avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

"Tashkent Indeks"dan talabalar uchun avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan bugundan boshlab "Tashkent Indeks" yotoqxonasiga 600 dan ortiq talaba-qiz joylashtirish boshlangan edi.

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 19 sentyabr kunidan boshlab, AJ tomonidan yotoqxonaga eltuvchi uchta yangi yo‘nalish ylga qo‘yildi:

  • "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasi – 3-metro bekati”
  • "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasi – 4-metro bekati”
  • "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasi – 5-metro bekati” vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari harakati tashkil etildi.

Ushbu avtobus yo‘nalishlari talabalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasidan o‘quv manzillariga yetib olishlari hamda turar joylariga qaytib kelishlari uchun maxsus tashkil etilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar Jamiyatning "4-Avtobus saroyi" va "12-Avtobus saroyi" filiallariga biriktirildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida 6ta etib belgilanganligini ma’lum qilamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!