«Tashabbusli byudjet» loyihasining 2-mavsumi yakunlandi

Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) byudjetlari hisobidan 1,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.
O‘zbekistonda «Tashabbusli byudjet» loyihasining 2-mavsumi g‘oliblari rasman e’lon qilindi.
Loyihada g‘oliblar ro‘yxatini sayt orqali tekshirib imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, g‘oliblarga SMS xabar ham yuboriladi.
27 avgustdan «Tashabbusli byudjet»ning 2023 yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlangandi.
Bu mavsumda respublika bo‘ylab 9426 ta mahalladagi infratuzilma yaxshilanishi uchun jami 49 464 ta taklif kelib tushgan, ulardan 33 631 tasi ovozga qo‘yilgandi.
Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) byudjetlari hisobidan 1,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.
Jamoatchilik fikri orqali hududlardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan «Tashabbusli byudjet» loyihasining ikkinchi mavsumi 17 iyuldan boshlangandi.