Tanzila Norbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi AQShga boradi

Tanzila Norbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi AQShga boradi

Joriy yilning 15-17 iyun kunlari Oliy Majlis Senati Raisi – Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.

Bu haqda Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati xabar beradi.

AQSh Kongressi, shuningdek, to‘qimachilik uyushmalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida to‘qimachilik sohasidagi davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.

AQSh ishbilarmon doiralari uchun O‘zbekiston to‘qimachilik industriyasining savdo-investisiyaviy salohiyati taqdimoti o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!