Tadqiqot: bu davlatda musulmonlar muntazam kamsitiladi

Tadqiqot: bu davlatda musulmonlar muntazam kamsitiladi

Ijtimoiy tadqiqotlar markazi (IFOP) o‘tkazgan so‘rovdan ma’lum bo‘lishicha, fransiyalik musulmonlarning 42 foizi hayotida kamida bir marta kamsitishga uchragan. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda. 

Musulmonlar eng ko‘p polisiya tekshiruvlari chog‘ida, ishga kirish uchun murojaatlarda va uyni ijaraga olmoqchi bo‘lganida kamsitiladi.

Ro‘molli muslimalar hayotlari davomida kamida bir marta kamsitishga uchraganini, 37 foizi esa haqoratlanganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, musulmonlarning 24 foizi og‘zaki hujumga duchor bo‘lgan.

Fransiyada oxirgi besh yilda musulmonlarning 40 foizi va g‘ayrimusulmonlarning 17 foizi irqchilikka uchragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!